Sardoba fojiasiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olinadi

  • 09:35 / 16.06.2021
  • 164

2020-yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida yuzaga kelgan texnogen ofat haqida “Sardoba sabog‘i” hujjatli filmi suratga olinadi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston kinematografiyasi agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Sardoba sabog‘i” hujjatli filmi suratga olinmoqda. Mazkur film 2020-yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida yuzaga kelgan texnogen ofat haqida.

Ta’kidlanishicha, filmning suratga olish ishlari Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda. Filmda evakuatsiya qilingan aholi vakillari, ular joylashgan hududlar, aholini evakuatsiya qilish jarayonida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, qutqaruvchilar hamda talafotda jabr ko‘rganlarga yordam bergan fuqarolar haqida hikoya qilinadi. 

Ma’um bo‘lishicha, filmga Abdusamad Salomov rejissyorlik qilmoqda. Ssenariy muallifi Abdusamad Salomov, operator Samijon Sunnatillayev, muharrir Gulmira Musajonova, film direktori esa Zuhra Po‘latova, muharrir Shoyim Bo‘tayev.