Sardor Rashidov “Kuvayt SK” futbolchisiga aylandi

  • 15:34 / 17.07.2021
  • 197

O‘zbekistonlik hujumkor futbolchi faoliyatini Kuvaytda davom ettiradi. Bu haqda “Paxtakor”ning telegramdagi sahifasi xabar berdi.

Futbolchi va “Kuvayt SK” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Sardor Rashidov legionerga aylangan. Ma’lum bo‘lishicha, Rashidovning Kuvayt klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkan.

Qayd etilishicha, “Sherlar” hamda futbolchi o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq, 30 yoshli futbolchi “Paxtakor”ni erkin agent sifatida tark etadi. 

Eslatib o‘tish mumkin, OFK kubogi ishtirokchisi hisoblangan “Kuvayt SK” klubi yaqinda Angliyaning “Stok Siti” jamoasidan Jon Obi Mikelni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. 

Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov bungacha Qatarning “Al Jaish”, “Qatar SK”, BAAning “Al-Jazira” va Portugaliyaning “Nasional” klublarida faoliyat yuritgan.