Sergey Lavrov ilk marta AQSh davlat kotibi Blinken bilan uchrashdi

  • 12:46 / 20.05.2021
  • 178

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning birinchi shaxsiy uchrashuvi Reykyavik shahrida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv ikki soat davom etgan.

Lavrov muzokaralar avvalida oʻz hamkasbiga uchrashuv oʻtkazish taklifi uchun minnatdorchilik bildirib, Rossiya va AQSh oʻrtasidagi munosabatlar istiqbolini muhokama qilib olishni taklif etdi.

“Eng muhim narsa shundan iboratki, biz diplomatik imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga urindik va siz ham aynan shunday niyatda ekanligingizni juda qadrlayman”, dedi Lavrov.

Muzokaralar vaqtida ikki tomonlamali aloqalar, ziddiyatlar, hamkorlik masalalari, diplomatlar faoliyati muhokama qilingan.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ham oʻz navbatida Rossiya va AQSh oʻrtasidagi barqaror aloqalar ikki mamlakat odamlari va butun dunyo uchun foydali boʻlishini taʼkidlagan.