Shavkat Mirziyoyev bu hafta Andijonga boradi

  • 10:09 / 14.06.2021
  • 161

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov an’anaviy dushanba brifingini boshladi.

Bu hafta davlat rahbari qatnashadigan tadbirlar: 
– Bugun sog‘liqni saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar (birinchi navbatda onkologiya va gematologiya yo‘nalishlariga oid) hamda Toshkent viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar o‘tkaziladi.
– Ertaga oliy ta’lim va joriy yilga OTMga qabul bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
– 17–18-iyun kuni Andijonga tashrif rejalashtirilgan.
– 15-iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Al-Gergavi bilan uchrashuv; 
– 16-iyun kuni esa Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan muloqot bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.