Shavkat Mirziyoyev Germaniya xalqi va rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

  • 17:02 / 18.07.2021
  • 225

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi Federal Kansleri Angela Merkel va Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Germaniyada toshqin sabab halok bo‘lganlar soni 156 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Teglar