Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlab, haykalining poyiga gulchambar qo‘ydi – foto

  • 13:54 / 02.09.2021
  • 195

Bugun, 2-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev istiqlolimizning 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, tariximizning eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatimizni boshqarganini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu xotira tadbiri ham xalqimizning Birinchi Prezidentga hurmati ifodasidir. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Teglar