Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan yana telefonlashdi

  • 12:25 / 01.05.2021
  • 135

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar.
Unda o‘z vaqtida ko‘rilgan va o‘zaro muvofiqlashgan sa’y-harakatlar tufayli Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgani va uning keskinlashishiga yo‘l qo‘yilmagani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. 
Davlat rahbarlari mintaqada mavjud barcha masalalarni konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqot orqali hal qilish borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha masalalarni birodar mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqot orqali birgalikda hal qilish borasida qat’iy ekanliklarini yana bir bor ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30-aprel kuni ham ikkala davlat rahbari telefon orqali muloqot qilgan va unda ham mavjud vaziyat muhokama qilingan edi.