Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

  • 16:07 / 05.08.2021
  • 124

president.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti ushbu shahar yaqinidagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 5-6-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.