Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin hamda Rustam Minnixonovga hamdardlik bildirdi

  • 09:22 / 12.05.2021
  • 231

prezident.uz

Shavkat Mirziyoyev kecha, 11-may kuni Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok bo‘lgani haqidagi fojiali voqea munosabati bilan Rossiya prezidentni Vladimir Putin hamda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti ushbu hodisani hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmasligini ta’kidlab, bu mudhish zo‘ravonlik harakatini qat’iy qorashini aytib o‘tadi.

“Sizga, qurbon bo‘lganlarning ota-onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman.
Ushbu musibatli damlarda O‘zbekistonning ko‘pmillatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikka qayg‘udoshdir”, – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamdardligida.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 11-may kuni Tataristonning Qozon shahrida 19 yoshli o‘spirin mahulliy maktablarning biriga qurolli hujum uyushtirgan va otishma natijasida maktabning 7 nafar o‘quvchisi va bir nafar o‘qituvchisi halok bo‘lgan edi.