Shavkat Mirziyoyev Xiva gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi

  • 21:53 / 22.09.2021
  • 132

Bugun, 22-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Xiva gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ilgari bu joy foydalanilmay turgan bino edi. 2020-yil sentabrda uning o‘rnida zamonaviy kombinat tashkil etildi. Bu yil avgust oyida loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirildi.

Korxonaga Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan energiya tejovchi uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Bu yerda polipropilen ip, gilam va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ular AQSh, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.

Davlat rahbari korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini va shou-rumni ko‘zdan kechirdi.

Ta’kidlanishicha, kombinatda 250 ta ish o‘rni yaratilgan. 2022-yilda uchinchi bosqich - akril tolasidan kalava tayyorlash loyihasi amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,2 million kvadrat metrga yetadi. Mahsulotning 45 foizi chet elga sotilishi, yillik eksport 5 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Prezident mahsulot turlarini ko‘paytirish, boshqa tumanlarda ham shunday korxonalar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga safari yakuniga yetdi.