ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga Ruslan Mirzayev nomzodi tasdiqlandi

  • 14:00 / 17.09.2021
  • 189

Bugun, 17-sentyabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan SHHT sammitida Davlat rahbarlari kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi Ruslan Mirzayev nomzodini ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqladi. 

U o‘z vazifasini bajarishga 2022-yil 1-yanvardan kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 2018-yil 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisi Tojikiston vakili Jumaxon Gʻiyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori etib tayinlangan edi.