“Shimoliy Farg‘ona” kanalida oqib ketayotgan ayol qutqarib qolindi

  • 11:08 / 25.07.2021
  • 286

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 7:55 larda Namangan shahar Kosonsoy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Shimoliy Farg‘ona” kanalida ayol kishining oqib ketayotganligi to‘g‘risida viloyat FVB navbatchilik qismiga xabar kelib tushdi.

Qayd etilishicha, FVB Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib bordi. Amaliy harakat jarayonida Namangan viloyati IIB YHXB xodimi bilan birgalikda suvda oqib ketayotgan fuqaro qutqarib olinib, birinchi yordam ko‘rsatildi. 

Qutqarib olingan fuqaro qutqaruvchilar tomonidan shifoxonaga yetkazildi. Hozirda fuqaro shifokorlar nazoratida ekanligi aytilmoqda.

Teglar