Shimoliy Koreya haqiqiy dushmani kim ekanligini aytdi

  • 09:27 / 31.05.2021
  • 340

KXDR oʻzining haqiqiy dushmani Janubiy Koreya emas, ittifoqdoshidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanayotgan AQSh ekanligini maʼlum qildi.

“Bizning maqsadimiz – Janubiy Koreya qoʻshinlari emas, okean ortida joylashgan AQShdir. Amerika Janubiy Koreyadan foydalangan holda gegemonlik maqsadlarini amalga oshirmoqda. Maqolda aytilganidek, salom qanday boʻlsa, shunday alik olinadi”, dedi shimoliy koreyalik siyosatchi Kim Myon Chxolya.

Siyosatchining aytishicha, AQSh va Janubiy Koreya hukumati oʻzlarining tajovuzkor ambitsiyalarini aniq namoyish qilishdi, ularning Shimoliy Koreya davlat mudofaasi qobiliyatini kuchaytirish yoki BMT meʼyorlarini buzish masalasida gapirishga hech qanday haqlari yoʻq.