Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum raketa uchirdi

  • 11:42 / 15.09.2021
  • 148

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum raketa uchirdi. Bu haqda "Yonhap"ga tayanib "Ria Novosti" xabar bermoqda. 

Ma’lumot tariqasida, Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtabi boshqarmasi ham bu bo‘yicha xabar bergan. Biroq noma’lum uchirilgan raketa bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlanmagan. 

Boshqa bir manbada aytilishicha, Shimoliy Koreya 11-12 sentyabr kunlari uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketani sinovdan o‘tkazgan. Buni Shimoliy Koreya Ishchilar partiyasida faoliyat yuritadigan yuqori lavozimli amaldorlar nazorat qilgan. 

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya 2021-yil yanvar va mart oylarida shunday sinovlarni o‘tkazgan. 21 mart sanasida qisqa masofaga uchuvchi ikki qanotli raketa, 25-martda esa ikkita uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketa sinovdan o‘tkazilgan.