Shimoliy Koreya yetakchisi vaznining keskin kamayishi uning kasalligi haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqarmoqda

  • 04:45 / 10.06.2021
  • 342

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning vazni keskin kamayishi uning kasalligi haqida mish-mishlarni keltirib chiqardi. Bu haqda NK News nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlar KXDR rahbarining so‘nggi rasmlarini tahlil qildilar. Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, Kim Chen In bir oy ommaga ko‘rinmay yurgan vaqtda ancha vazn yo‘qotgan. Muxbirlar Shimoliy Koreya yetakchisining soatiga alohida e’tibor berishdi. Soatning kamari oldingisiga qaraganda bir necha nuqtagacha kamaygan.

Ekspertlar Shimoliy Koreya rahbarining sog‘lom turmush tarzini tanlashi uning ozishining asosiy sababi bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Shu bilan birga, vaznning keskin pasayishiga, o‘tgan yildan beri mish-mish bo‘lib kelayotgan, sog'lig‘i bilan bog‘liq muammolari ham sabab bo‘lishi mumkin. 

Kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, 2011-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Kim Chen In har yili 6-7 kilogrammdan vazn yig‘gan, 2020-yilda esa uning tana vazni 140 kilogrammni tashkil etgan.