Shimoliy Koreyada koronavirusga qarshi kurashish maqsadida mushuk va kabutarlarni yoʻq qilish buyurildi

  • 10:38 / 01.06.2021
  • 254

Shimoliy Koreya hukumati koronavirusga qarshi kurashish maqsadida Xitoyga chegaradosh boʻlgan hududlarda yashovchi aholi vakillariga mushuklar va kabutarlarni yoʻq qilishni buyurdi.

Hukumatning fikriga koʻra, jonivorlar mamlakatga qoʻshni davlatdan virus tashib kelishi mumkin.

Xabar berilishicha, mamlakatning Xesan shahrida yashovchi oilalardan biri oʻzlarining uy hayvonlarini vakillar qoʻliga topshirishdan bosh tortganlari uchun 20 kun davomida izolyatorda saqlangan.Oila vakillari mushukni topshirmaslik maqsadida uning oʻlganini aytishgan. Ammo, bir necha kundan keyin jonivorni Shimoliy Koreya va Xitoy chegarasida koʻrib qolganlar. Mushuk qochib ketgan, uning egalari esa izolyatsiyaga joylashtirilgan.

May oyining boshlarida Shimoliy Koreya hukumati fuqarolarni Janubiy Koreyadan joʻnatilayotgan targʻibot varaqalari orqali koronavirusga chalinish xavfidan ogohlantirgan edilar.

Maʼlumot uchun, shu kunga qadar Shimoliy Koreyada koronavirusni yuqtirgan birorta ham bemor rasman qayd etilmagan. Mamlakat hukumati bu masalada tashqi yordamiga muhtoj emasligini taʼkidlagan.