Shimoliy Koreyada yangi yadroviy suvosti kemasining qurilish ishlari yakunlandi

  • 17:58 / 12.04.2021
  • 237

Shimoliy Koreya tez orada 3000 tonnalik yadroviy suvosti kemasini ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, submarin uch dona “Pukkikson” ballistik raketasini tashib yuradi. Suvosti kemasining qurilishi allaqachon yakunlangan, hukumat undan AQShga bosim koʻrsatish maqsadida foydalanmoqchi. Shu sababli kemani ommaga namoyish qilish uchun qulay fursatni kutmoqda.

Shimoliy Koreya 15-yanvar kuni Pxenyandagi harbiy parad vaqtida yangi suvosti ballistik raketasini namoyish qilgan edi.