Shved olimlari yuqori intellektning koʻpchilik bilmagan belgilarini sanab oʻtishdi

  • 17:44 / 13.09.2021
  • 273

Shvetsiyaning Edinburg universiteti olimlari odamlardagi yuqori intellekt darajasidan darak beruvchi belgilarni sanab oʻtdilar. Ular bizga maʼlum boʻlgan belgilardan farq qiladi.

1. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, oiladagi toʻngʻich farzandlar ularga koʻproq eʼtibor koʻrsatilgani tufayli nisbatan yaxshiroq rivojlanadi. Shuningdek, insonlardagi intellekt darajasi uning onasi homilador boʻlgan vaqtida ayolning oʻz salomatligiga qanday eʼtibor qaratganiga ham bevosita bogʻliq ekan.

2. Olimlar musiqa bilan shugʻullanadigan bolalar har bir ishni rejalashtirib amalga oshirishga moyil, ogʻir-bosiq va odamlar bilan yaxshi muloqot qila oladigan inson boʻlib voyaga yetishishlarini aniqlaganlar.

3. Yuqori intellektli insonlar vahimaga beriluvchan boʻlishadi. Olimlar buni ularning mukammallikka intilish istaklari bilan bogʻlashgan. Shu sababli aqliy salohiyati yuqori insonlar depressiyaga tez-tez berilishadi.

4. Boshqalar uni muhokama va gʻiybat qilayotganini bila turib, bunga yoʻl qoʻyib beradigan odamlarda ham intellekt darajasi yuqori boʻlar ekan.

5. Taniqli neyroxirurg Raxul Jandial aqlli odamlarning aksariyat qismi sport bilan shugʻullanishlarini payqagan. Olimlarning aytishlaricha, sport fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.

6. Aqlli odamlar orasida chapaqaylarning juda koʻp ekanligi ham diqqatga sazovordir.

7. Kunduzi uxlab, kechasi ishlashni va oʻqishni xush koʻradigan odamlar orasida ham yuqori intellektli insonlar juda koʻp boʻlar ekan.

8. Olimlar koʻzoynak taqadigan odamlar orasida aqlli odamlar juda koʻp boʻlishini isbotlab berishgan. Sababi, daholarning aksariyatida koʻrish qobiliyatining yomonlashishiga sabab boʻladigan genlar mavjud boʻlar ekan.