Sirdaryoda 5 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan ayol ushlandi

  • 21:20 / 13.10.2021
  • 101

Sirdaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘z farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbirda, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.S o‘zining 2021-yil 8-oktyabr kuni tug‘ilgan farzandini 5000 (besh ming) AQSH dollari evaziga sotgan vaqtda ushlandi va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Fuqaro B.S ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyati “Bolalar uyi”ga topshirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.