Sirdaryoda “daraxtkesar” xodimlar 131 mln so‘a jarimaga tortildi

  • 11:41 / 22.09.2021
  • 88

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Yangiyer shahar va Xovos tuman inspeksiyalari inspektorlari hamda shahar IIB PPX va JTSB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tungi reyd tadbirlarining birida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Ma’lum qilnishicha, joriy yilning 17-sentyabr kuni kech soat 22:52 lar atrofida Yangiyer shahar “Shodlik” MFY hududida “Suv ombor qurilish” xususiy korxonasi ish yurituvchisi O.S ning buyrug‘i bilan fuqarolar N.X, S.T, A.Gʻ tomonidan salomatlik yo‘lakchasi qurilishi sababdan “Samsung” rusumli ekskavator yordamida 12 dona shumtol va 1 dona tut daraxtlarini qo‘porib tashlagan.

Aniqlangan holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtK ning 79-moddasi 1-kismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va qoiadabuzarlarga nisbatan 6 mln. 750 ming jarima hamda 125 mln. 820 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar qo‘llanilgan.