Sirdaryoda Kamaz va Mersedes to‘qnashib ketdi

  • 09:10 / 28.03.2021
  • 129

Joriy yilning 27-mart kuni soat 13:30larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida, haydovchi S.Ya. boshqaruvidagi "Kamaz-5410" rusumli hamda haydovchi Z.X. boshqaruvida bo‘lgan "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan, deb xabar beradi YHXBB.

Zarb oqibatida "Kamaz-5410" rusumli yuk avtomobili ag‘darilgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. 

Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritish va YTH sabab yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.