Sirdaryoda o'qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani ma'lum bo‘ldi

  • 07:09 / 29.08.2021
  • 221

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida maktab o'qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilindi. Bu haqda Mehnat vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi 9-maktab o'qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar tarqalgandi. Mehnat vazirligi axborot xizmati holatni tasdiqladi. Unga ko'ra, 9-maktab direktori o'qituvchilarni maktab hovlisi va atrofini tozalash ishlari uchun majburiy mehnatga jalb qilgan.

Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan direktorga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 51-moddasi (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida ma'muriy jarimaga tortilgan.