Sirdaryoda poyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi. U voqea joyida halok bo‘lgan

  • 14:25 / 28.05.2021
  • 227

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining "Xovos tumanida bir ayolni poyezd ikkiga bo‘lib tashladi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. 

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 24-may kuni soat 13-30 larda Sirdaryo viloyati IIB TXTB navbatchilik qismiga “Xovos-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2-km 6-piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma’lum ayol kishini urib yuborganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1999-yilda tug‘ilgan Xovos tumani Gulbahor MFYda yashagan T.Sh. ekanligi hamda o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlangan. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Teglar