Sitora Farmonovaning onasi qiziga Aziz Rametov uylanmoqchi boʻlgani haqida soʻzlab berdi

  • 12:14 / 08.06.2021
  • 409

Aktrisa Sitora Farmonovaning onasi Zamira Farmonova qiziga taniqli aktyor Aziz Rametov uylanmoqchi boʻlgani haqida gapirib berdi.

“Aziz Rametov bir necha marta qizimning qoʻlini soʻragan. “Onajon, qizingizni yoqtiraman, ancha yillardan beri bir-birimizni taniymiz” deb yonimga kelgan. Lekin taqdir boʻlmadi, yulduzlari yulduzlariga toʻgʻri kelmadi. Aziz Rametov juda yaxshi bola, onalarini ham taniyman, juda yaxshi koʻraman. Lekin taqdir boʻlmagan”, dedi Zamira Farmonova.

Ijodkorning onasi nima uchun qizining hamon turmushga chiqmagani haqidagi savolga ham javob berdi.

“Juda yaxshi joylardan sovchilar kelgan. Ammo, hammalari Sitoraning sanʼatni tashlashini, uyda oʻtirishini shart qilib qoʻyishgan. Sitora esa bolalikdan sanʼat ichida yurib, harakat qilgan. Shuning uchun sanʼatni tashlamayman deb nomzodlarning barchasini rad etgan”, dedi Zamira Farmonova.