Smartfonni yostiq yoniga qoʻyib uxlash nima uchun xavfli?

  • 14:59 / 04.05.2021
  • 186

Somnologiya yoʻnalishi mutaxassislari smartfonlarni uyquga ketishdan avval karavotdan imkon qadar uzoqroqqa qoʻyishni maslahat berishadi. Bunga undan zararli nur tarqalishi emas, tunda uygʻonib ketgan odam smartfonni beixtiyor qoʻliga olishi ehtimoli sabab boʻladi. Uyqu vaqtining qoq oʻrtasida smartfondan foydalanish esa asab tizimini “bezovta qiladi” va uyqusizlikka sabab boʻladi.

Bundan tashqari, soha mutaxassislari uxlashga yotishdan bir soat avval har qanday turdagi gadjetni oʻchirib qoʻyishni maslahat berishadi.

“Gadjetlarni yotoqqa oʻzingiz bilan olib chiqishingiz kerak emas... Televizor koʻrish yoki kitob oʻqishni istasangiz ham, buni karavotdan nariroqda amalga oshiring. Karavotga yotishingiz bilan uxlang, smartfonga chalgʻimang. Tunda uygʻonib ketsangiz ham, soatga qarash uchun telefonni qoʻlingizga olmang”, deydi mutaxassislar.

Maʼlum boʻlishicha, qoq tun paytida gadjetlardan foydalanish asab tizimini “uygʻotib yuborish”dan tashqari, ekran yorugʻligi tufayli melatonin tuzilishiga ham zarar yetkazadi.