Smartfonning quvvati kam qolganda asqatadigan 9 tavsiya

  • 17:16 / 08.05.2021
  • 344

Ba’zida eng noqulay vaqtda telefonning quvvati kam qolganini koʻramiz. Ekranda 20% dan kam quvvat qolgani haqida xavotirli bildirishnoma paydo boʻladi, ammo biz haliyam telefonni ishlatishga muhtoj boʻlamiz.
Koʻpchilik smartfonni zudlik bilan oʻchirish va zarur paytda yoqishni masalahat beradi. Masalan, har 15 daqiqada kimdir qoʻngʻiroq qilgani yoki yozgan-yozmaganini tekshirib koʻrish mumkin. Ammo bu xato. Oʻchirish va yoqish paytida ortiqcha energiya sarfi yuz beradi va natijada smartfon yana-da tezroq quvvatsizlanadi.

Nima qilish kerak?

 1. Ortiqcha funksiyalarni  oʻchirib qoʻying. Bular: GPS, Bluetooth, Wi-Fi yoki mobil aloqa, ekranni avtomatik teskari qilish funksiyasi, ikkinchi sim-karta.
 2. Telefonni energiya tejovchi rejimga oʻtkazing (sozlamalarda).
 3. Ortiqcha dasturlarni yoping. Buning uchun bosh ekranga oʻting va pastdagi kvadratni bosing, keyin esa ishlatmayotgan dasturlaringizni chiqarib yuboring.
 4. Vidjetlarni oʻchiring. Hatto oddiy ob-havoni koʻrsatuvchi vidjet ham batareya energiyasini iste’mol qiladi. 
 5. Ovoz va vibratsiyani oʻchiring. Kutilmagan qoʻngʻiroq ortiqcha energiya sarfiga sabab boʻlishi mumkin.
 6. Yorugʻlik darajasini pasaytiring.
 7. Aloqa tipini 4G dan 3G ga, iloji boʻlsa 2G ga oʻzgartiring. Internet tezligi pasayadi, ammo bu messenjerlardan xabar olish uchun yetarlidir.
 8. Muhim xabar yoki qoʻngʻiroqni kutayotgan boʻlsangiz, qurilmani aviarejimga oʻtkazing va vaqti-vaqti bilan chiqarib turing.
 9. Kuchli temperaturadan qoching. Sovuqda smartfonni tanangizga yaqin tuting. Gadjetingizni juda issiq makonda qoldirmang.