Sobiq Jahon chempioni moliyaviy muammolar sabab Xitoy klubini tark etdi

  • 22:01 / 24.09.2021
  • 89

“Guanchjou” bosh murabbiyi Fabio Kannavaro oʻz lavozimini tark etdi, deb xabar beradi Sohu portali.

Manbada aytilishicha, 48 yoshli mutaxassis moliyaviy muammolar sabab Xitoy klubi bilan hamkorlikni toʻxtatishga kelishib olgan. Hozirda tomonlar shartnomani qonuniy tarzda bekor qilish arafasida.

Maʼlumot uchun, Fabio Kannavaro 2017-yildan buyon “Guanchjou” klubini boshqarib kelayotgan edi.