Sodiq Safoyev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasiga tayinlandi

  • 15:15 / 23.07.2021
  • 195

Joriy yil 23-iyul kuni Hukumatning tegishli qarori bilan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Solixovich Safoyevga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi.

Bunga qadar mazkur oliygoh rektori lavozimida Karimov Komiljon Hamidovich faoliyat olib borgan  va joriy yil 23-iyundan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.