So‘kong‘ich Angren MIB boshlig‘i harakatlari Senat nazoratiga olindi

  • 12:20 / 15.04.2021
  • 186

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Angren MIB boshlig‘i xodimlarini so‘kib, yarim tunda boshqarmaga borishni buyurdi” sarlavhali xabar yuzasidan o‘rganishni boshladi.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Angren shahar bo‘limi boshlig‘i M.Yusupova xodimlarning telegram guruhidagi ijro xodimlarning kunlik rejasini bajarmaganligi uchun ularni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan.

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosidan mazkur holat bo‘yicha Byuroning Angren shahar bo‘limi boshlig‘ining xatti-harakatlarini atroflicha tahlil qilib, qonuniy chora ko‘rilishi va tegishli axborot taqdim etilishini so‘raymoqda.

Ushbu holat Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. https://senat.uz/uz/lists/view/2674