“Sputnik V” O‘zbekistonda ishlab chiqariladi

  • 11:39 / 29.05.2021
  • 146

Shavkat Mirziyoyev va RF sog‘liqni saqlash vaziri M.Murashko o‘rtasidagi uchrashuvda koronavirusga qarshi vaksina “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish uchun joy belgilangan va loyiha tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

“Rossiya va O‘zbekiston rasmiylari “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar. O‘zbek tomoni allaqachon dori ishlab chiqarish uchun joy tanlagan”, – deb Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning gaplarini keltirmoqda RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasining ikkita partiyasi O‘zbekistonga joriy yil 23 va 27-aprel kunlari keltirilgan edi.