“Starship” kemasi sinov jarayonidan keyin ilk marta muvaffaqiyatli qoʻndi

  • 13:47 / 06.05.2021
  • 127

Ilon Maskning Oy va Marsga odamlarni yetkazish maqsadida yaratilgan kemasi – “Starship” sinov jarayonidan keyin ilk bor yerga muvaffaqiyatli tarzda qoʻndi.

Parvoz jarayoni “Space X” kompaniyasi tomonidan jonli efir tarzida ommaga namoyish qilingan.

Joriy yilda “Starship” kemasi uch marta sinovdan oʻtkazilgan va ularning barchasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. 4-mart kunidagi sinov jarayonida kema yerga qoʻngandan keyin oradan 4 daqiqa oʻtib portlagan.

Ilon Mask koʻp marta qoʻllaniluvchi “Starship” kosmik kemasi prototipini ilk marta 2019-yilning sentyabr oyida namoyish qilgandi. Mazkur kema Mars va Oyga kosmonavtlarni hamda zaruriy yuklarni tashish uchun moʻljallangan boʻlib, uzunligi 50 metrni tashkil qiladi. Mask taqdimot vaqtida kema ichiga 100 nafar odam sigʻishi, u kelgusida Mars va Oyga odamlarni yetkazish jarayonidagi asosiy vosita boʻlishini taʼkidlagan.