Strategik rivojlanish agentligiga rahbar tayinlandi

  • 10:35 / 19.08.2021
  • 164

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov zimmasiga Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori vazifasini bajarish yuklatildi.

Ma’lumot uchun, 1981 yilda tug‘ilgan Laziz Kudratov Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Xosey universitetini (Yaponiya) tamomlagan. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, so‘ngra «O‘zinfoinvest» agentligining axborot ta’minoti va xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasiga 2019 yilda tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar