Stressga qarshi kurashuvchi TOP-7 mahsulot

  • 14:28 / 11.06.2021
  • 119

Stress holati tanadagi barcha tizimlarni faollashtirib yuboradi. Natijada organizm oʻz-oʻzini “yemirish”ni boshlaydi, uzoq muddat davom etgan stress holati esa oshqozon-ichak trakti kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Ayrim mahsulotlar isteʼmoli stressni osonroq yengib oʻtishga yordam beradi. Ularni nomma-nom bilib oling:

1. Goʻsht

Ushbu mahsulot tarkibidagi oqsil organizmga kerakli miqdordagi aminokislotalarni yetkazib beradi. Stress vaqtida ovqat hazm qilish tizimini “qiynamaslik” uchun kurka, tovuq va mol goʻshtini tanovul qilish tavsiya etiladi.

2. Yogʻli baliq

Baliqning yogʻli turlari toʻyingan yogʻ kislotalari, yod va fosfor koni hisoblanadi.

3. Sut mahsulotlari

Ular organizmga kerakli miqdorda fosfor va kaltsiy yetkazilishini taʼminlaydi.

4. Boʻtqa

Turli-tuman yormalardan tayyorlangan boʻtqalar hujayralarga quvvat beradi, murakkab ulgevodlar hisobiga tanani tetiklashtiradi. Tarkibidagi V vitamini organizmda serotonin ishlab chiqarilishini taʼminlaydi.

5. Yashil rangli mahsulotlar

Ushbu mahsulotlar qatorida ismaloq, salat barglari, karamning barcha turlari va loviyani sanab oʻtish mumkin.

6. Pomidor

Pomidor tarkibida katta miqdorda tiramin (baxt gormonini hosil qiluvchi modda) mavjud boʻlib, tabiiy antidepressant hisoblanadi.

7. Shokolad

Organizmda endorfin ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi. Ortiqcha vazn toʻplamaslik uchun tarkibining 75 foizini kakao tashkil qiluvchi shokolad tanlash kerak.