Sug‘oriladigan yerlarni sotib yuborganlarga nisbatan ham jinoiy jazoning muqarrarligi ta’minlanadi

  • 09:24 / 16.06.2021
  • 136

Qonunchilik palatasining kecha, 15-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar yer hisobi va davlat kadastrlari yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqishdi.

Qonun loyihasi bilan:

– sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan sotib yuborgan yoki egallab olgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoning muqarrarligi ta’minlanadi;
– yer va kadastr sohasida davlat nazorati kuchaytirilishiga; 
– qonun buzilishlarini barvaqt aniqlash, aybdor shaxslarga jazo muqarrarligini ta’minlashga; 
– yer hisobini yuritish va uni rivojlantirish vazifalari bir-biridan ajratilishi hisobiga sohada suiste’molchiliklar oldini olishga erishiladi.

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.