Super kontraktga ariza topshirishning so‘nggi muddati belgilandi

  • 12:06 / 18.09.2021
  • 278

2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan vazirlik tabaqalashtirilgan (super kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlarini so‘ragan.