Superliga 17-tur: Ikkinchi davrada g‘alaba qozonmagan AGMK 4 o‘yinda 9 ochko yo‘qotdi

  • 12:49 / 11.09.2021
  • 110

Kecha kechqurun telegram kanalimizda 17-turning yakuniga yetgan 3 uchrashuv natijalari bilan tanishtirgan edik. Endi ushbu o‘yinlar va statistikaga batafsil to‘xtalamiz.

Bekobodga safar uyushtirgan “Paxtakor” mezbonlarni ayab o‘tirmadi – yirik hisobda g‘alaba qozondi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 17 ta turga yetkazdi. Mehmon yoki mezbonlikning farqini “sezmagan” “sherlar” oliy maqsad sari intilishini davom ettirishyapti.

“Bunyodkor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvidan oldin ikkala jamoada ham yo‘qotishlar bor edi. Terma jamoa o‘yinida jarohat olgan Farruh Ikromov “qaldirg‘ochlar” safida maydonga tusha olmasa, mehmonlarda yo‘qotish ko‘proq edi: asosiy tarkibning bir yo‘la uch futbolchisisi - Muzaffar Abdullayev, Murod Holmuhammedov, Bobir Akbarovlar jamoaga yordam bera olmasdilar. Aynan shu omil hal qiluvchi rol o‘ynadi va yetakchilarsiz harakat qilgan mehmonlarning kuchi “Bunyodkor”ga yetmadi.

Odatda gol kiritilmagan o‘yinga “nursiz durang” degan taʼrif beriladi. Lekin Namangadagi uchrashuvda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, bahs murosasiz kechdi. Jamoalar harchand urinishmasin, gol urish na unisiga va na bunisiga nasib etdi. Uchrashuv shiddatli, keskin va murosasiz, hatto asabiy tarzda o‘tdi. Bunda ikkala jamoa ustozlari Samvel Babayan ham, Mirjalol Qosimov ham bosh hakam tomonidan “tanbeh” (ogohlantirish) olganligi yaqqol misol bo‘lib turibdi.

Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan AGMK ikkinchi davrada 4 o‘yin o‘tkazib, hali birortasida g‘alaba qozonmagani achinarli xol. To‘g‘ri, raqiblar ham anoyi emas - “Paxtakor”, “Nasaf”, Lokomotiv” va “Navbahor”. Lekin yuksak marralarni ko‘zlagan klub asosiy raqiblarni ortda qoldirishi kerak. Olmaliqliklar chempionlik poygasida “Paxtakor”ga yeta olmasliklari aniq, lekin 2-o‘rin uchukn bahsda ham “So‘g‘diyona”dan ortda qolmoqdalar.

Coca-Cola Superliga 17-tur. 10 sentyabr, juma

METALLURG – PAXTAKOR – 0:3 (0:2).

Bekobod. “Markaziy” stadion.

Gollar: Dragan Cheran, 29 (0:1), Azizbek Turg‘unboyev, 31 (0:2), Boyan Matich, 71 (0:3)

“Metallurg”: Akmal Tursunboyev, Odilbek Abdumajidov, Xudoyshukur Sattorov, Salamat Kuttiboyev (Muhammad Isayev, 82), Shahzodbek G‘ofurbekov, Stanislav Andreyev (Abrorbek Toshqo‘ziyev, 34), Ibrohim Ibragimov (Zohid Abdullayev, 46), Dilshod Rahmatullayev, Akbarjon Ismatullayev, Farruhjon Ibrohimov, Damir Temirov (Ivan Nagayev, 65).

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov (Abrorbek Ismoilov, 81), Azizbek Turg‘unboyev (Dostonbek Hamdamov, 72), Dragan Cheran (Sharof Muhitdinov, 85), Boyan Matich (Sherzod Temirov, 81), Sherzod Aʼzamov, Sardor Sobirxo‘jayev, Diyor Xolmatov (Hojimat Erkinov, 72), Farruh Sayfiyev.

Ogohlantirishlar: Zohid Abdullayev, 47, Xudoyshukur Sattorov, 86 - Eldorbek Suyunov, 47, Sherzod Aʼzamov, 85.

BUNYODKOR – QO‘QON-1912 – 2:1 (2:1)

Toshkent. “Bunyodkor” stadioni.

Gollar: Lutfulla To‘rayev, 26 (1:0), Avazbek O‘lmasaliyev, 29 (2:0), Ivan Yosovich, 42 (2:1)

“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliyev, Xurshid G‘iyosov (Odiljon Abdurahmonov, 69), Rasul Yo‘ldoshev (Sanjar Rashidov, 69), Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov, 80), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullayev (Farhod Mirahmatov, 90+2), Abdulla Abdullayev, Ibrohim Tomiva,

“Qo‘qon-1912”: Islomjon Abdullayev, Slavko Lukich, Farhodbek Bekmurotov, Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov, 73), Sardorbek Azimov (Asadbek Sobirjonov, 46), Oybek Rustamov, Iqboljon Malikjonov (Yakuba Bamba, 73), Muhammadanas Hasanov, Aleksandr Merzlyakov (Suhrob Berdiyev, 51), Ivan Yosovich, Andrey Sidorov (Mo‘minjon Meliyev, 46)

Ogohlantirishlar: yo‘q - Sardorbek Azimov, 22. Farhodbek Bekmurotov, 34, Yakuba Bamba, 89.

NAVBAHOR – AGMK – 0:0

Namangan. “Markaziy” stadion.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Boyan Siger, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyev, Quvondiq Ro‘ziyev (Guttiner Kosta, 63), Panshanbe Ehsoni (Sardor Telyakov, 78), Mirzohid G‘ofurov (Ilhomjon Alijonov, 78), Igor Golban (Islomjon Isoqjonov, 90+1), Davronbek Hoshimov, Boyan Naydenov, Zabihillo O‘rinboyev.

AGMK: Suhrobjon Sultonov, Akramjon Komilov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Husniddin G‘ofurov, Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘rayev, 79), Mirg‘iyos Sulaymonov (Dilshodbek Ahmadaliyev, 74), Sanjar Shoahmedov (Mirjamol Qosimov, 87), Yovan Jokich, Martin Boake (Aleksandr Kasyan, 79), Elvin Fortes (Shohruh Gadoyev, 74).

Ogohlantirishlar: Mirzohid G‘ofurov, 30, Samvel Babayan (murabbiy, 45+1), Ibrohim G‘anixonov, 71, Ivan Solovyov, 77 – Sardor Rahmonov, 28, Mirjalol Qosimov (bosh murabbiy, 75).

Bugun Superliga doirasida yana 3 uchrashuv o‘tkaziladi. Ularning birida yaxshi yangilik bo‘ladi. Surxondaryo teleradiokompaniyasiga Litva davlatidan yangi PTSlar (ko‘chma televizion stansiyasi) olib kelindi. Futbol muxlislari shu vaqtga qadar “Surxon” jamoasining uy uchrashuvlarida takroriy vaziyatlarni ko‘rish imkoniyati mavjud emas edi.

Kuni kecha Surxondaryo MTRKga Litva davlatidan barcha zamonaviy andozalarga javob beradigan ikkita PTS olib kelindi. Bu degani muhlislar endilikda jamoaning uy uchrashuvlaridagi xavfli vaziyatlarni takroran ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ayni paytda viloyat teleradiokompaniyasi katta ijodiy guruhi “Surxon” arena o‘yingohida texnik ishlarni olib bormoqda.

11 sentyarbr, shanba

TURON – NASAF

Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

VAR hakami: Elyor Tursunov

VAR assistent: Maksim Nexochin

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Abbos Ahrorov

QIZILQUM – LOKOMOTIV

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Timur Galeyev, Shohruh Aʼzamov, Davron Akmalov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev

VAR assistent: Aleksandr Sidorov

Komissar: Sardor Qudratullayev

SURXON – SO‘G‘DIYONA

Hakamlar: Vadim Agishev, Bektursin Kannazarov, Jalg‘asbay Sarsenov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov.