Superliga, 19-tur: 102 daqiqa davom etgan derbida VAR “Bunyodkor” g‘alabasini ta’minlab berdi

  • 08:42 / 22.09.2021
  • 93

Kecha Coca-Cola Superliganing 19-tur doirasida yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkentda ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati saralash bahslari o‘tkazilayotgani bois, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi poytaxt derbisi Olmaliq shahriga ko‘chirildi.
Uchrashuv derbiga xos dramatik tarzda kechdi. O‘yinning 20-daqiqasida bosh hakam Zokirjon Qodirov “Bunyodkor” himoyachisi o‘z jarima maydoni ichida raqibga nisbatan qo‘pol o‘ynadi deb hisobladi va “qaldirg‘ochlar” darvozasi tomon penalti belgiladi. Bir qancha tortishuvlardan so‘ng hakam VARga murojaat qildi va dastlabki qarorini o‘zgartirmadi. Penaltidan Abduxoliqov hisobni ochdi.
Oradan 10 daqiqa o‘tib Lutfulla To‘rayev ajoyib pas bilan sherigini qulay vaziyatga chiqardi va Xurshid Gʻiyosov hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Gʻulomov olisdan bergan aniq zarbasi bilan “temiryo‘lchilar”ni yana oldinga olib chiqdi.
Dramaning asosiy voqealari o‘yinning so‘nggi daqiqalarida sodir bo‘ldi. Dastlab hakam VAR ko‘rsatmasiga ko‘ra “Lokomotiv” darvozasi tomon penalti belgiladi va hisob tengalashdi. Qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqasida esa “qaldirg‘ochlar” yana gol urishdi, bosh hakam qanot hakami ishorasiga qarab o‘yindan tashqari xolat belgiladi va golni inobatga olmadi. Biroq vaziyatga yana VAR aralashdi va oxir-oqibat gol inobatga olinib, “Bunyodkor” g‘alabasi ta’minlandi.

Turning yana bir uchrashuvida nursiz durang qayd etildi.

Coca-Cola Superliga. 19-tur
21 sentyabr, seshanba

“BUNYODKOR” – “LOKOMOTIV” - 3:2 (1:1)
Olmaliq. OKMK stadioni. 73 tomoshabin.

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 24-pen. (0:1), Xurshid Gʻiyosov, 34 (1:1), Gʻulom Haydar Gʻulomov, 58 (1:2), Xurshid Gʻiyosov, 90+3-pen. (2:2), Mirjahon Mirahmadov, 90+9 (3:2)

"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Avazbek O‘lmasaliyev, Farhod Mirahmatov (Shahboz Erkinov, 78), Xurshid Gʻiyosov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov, Odiljon Abdurahmonov, Ulug‘bek Abdullayev ( Muhammadodil Qahramonov, 78), Abdulla Abdullayev, Suhrob Izzatov (Sanjar Rashidov, 68),  Ibrahim Tomiva.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Islom Qobilov, Kaxi Maxaradze (Sadriddin Abdullayev, 71), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Marat Bikmayev, 82), Azizbek Amonov (Jasurbek Jaloliddinov, 68), Sanjar Qodirqulov (Islom Rashidxonov, 82), Jaloliddin Jumaboyev, Gʻulom Haydar Gʻulomov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Diyorjon Turopov (Xurshidbek Muxtorov, 82)

Ogohlantirishlar: Suhrob Izzatov, 41, Ulug‘bek Abdullayev, 50, Farhod Mirahmatov, 73, Sarvar Karimov, 90+14 -  Sanjar Qodirqulov, 76, Sherzod Fayziyev, 79.

“MASH’AL” – “SO‘GʻDIYONA” - 0:0
Muborak. Bahrom Vafoyev nomidagi stadion. 502 tomoshabin.

"Mash’al": Dostonbek To‘xtaboyev, Zafar Akramov (Qahramon Bahodirov, 85), Najmiddin Normurodov, Oybek Nurmatov (Ifeani Ifeani, 71), Godvin Chika Okvara, Samuel Chigozi Ononivu (Mishel Okoro Ibe, 88), Shahzod Shaymanov (Ruslan Xojiyev, 88), Jamoliddin Ubaydulloyev, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurullayev, Muhammadali Yo‘ldoshev (Abbos Shodmonov, 85)

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Elyor Orifov, Iskandar Shaykulov, Jamshid Boltaboyev, Shohruz Norxonov, Daniel Nasriddinov (Darko Stanoyevich, 75), Shahboz Jo‘rabekov (Ergash Ismoilov, 87), Javohir Qahramonov, Bahodir Nasimov (Jasur Hasanov, 56), Luka Chermel, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Zafar Akramov, 46, Ifeani Ifeani, 78, Dilaver Vaniyev, 81 (texnik direktor)  -  Iskandar Shoyqulov, 22, Elyor Orifov, 90+4.

Bugun Qarshining “Nasaf” klubi OFK Kubogi doirasida navbatdagi bosqich uchrashuvida maydonga tushadi. Shu bois qarshiliklarning O‘zbekiston Superligasi 19-tur doirasidagi “Surxon” klubi bilan o‘yini 2-noyabrga qoldirilgan.

19-turdan so‘ng musobaqa jadvalida keskin o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Yuqoridagi uchlik o‘z o‘rinda qoldi. “Nasaf” bir o‘yin kam o‘tkazgazgani tufayli “Bunyodkor” 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Quyi uchlikda ham o‘zgarish yo‘q, lekin “Andijon” peshqadamni mag‘lubiyatga uchratgani evaziga mavqeini ancha yaxshilib oldi.