Superliga, 19-tur: “Turon” yana autsayderga aylandi

  • 09:34 / 21.09.2021
  • 65

Kecha Coca-Cola Superliganing 19-tur o‘yinlari doirasida 2 uchrashuv o‘tkazildi. Navoiy shahridagi “Qizilqum” – AGMK jamoalari uchrashuvi ancha qiziqarli o‘tishi kutilgandi. Biroq o‘yin nursiz durang bilan yakun topdi. Tomonlar g‘alaba qozonishdan ko‘ra, mag‘lub bo‘lmaslik haqida ko‘proq qayg‘urdilar. Ikkala jamoada ham gol urish imkonlari bo‘ldi, lekin futbolchilar vaziyatlardan foydalani olmadilar. 
Taniqli mutaxassis Igor Shkvirin “Turon” jamoasini qabul qilib olgandan keyin, yaypanliklar o‘yinida ancha jonlanish bo‘lgandi va ular so‘nggi pog‘onani tark etgandilar. Biroq, kecha bo‘lib o‘tgan vodiy derbisida “Turon” o‘z maydonida “Navbahor”dan mag‘lub bo‘ldi va yana so‘nggi pog‘onaga tushib ketdi. 

Coca-Cola Superliga. 19-tur
20 sentyabr, dushanba

“TURON” – “NAVBAHOR” - 0:1 (0:1)
Yaypan, "O‘zbekiston" stadioni. 3200 tomoshabin.

Gol: Nizomiddin Ziyovutdinov, 37-o‘z darv. (0:1)

"Turon": Nizomiddin Ziyovutdinov, Asliddin Toshtemirov, Sardor Abduraimov  (Sunnatilla Ermatov,73 ), Sunnatillo Abdullajonov (Doniyor Ismoilov, 73), Humoyun Murtozayev (Otabek Zokirov, 73), Ixtiyor Toshpo‘latov (Boyng Kim, 57), Fozil Musayev (Muzaffarjon Muzaffarov, 87), Vladislav Kasminin, Abdulazizxon Abdurashidov, Dayan Ponyevich, Bilolxon Toshmirzayev 

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Boyan Siger, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyev (Guttiner Kosta, 63), Quvondiq Ro‘ziyev (Ilhomjon Alijonov, 76), Panshanbe Ehsoni, Mirzohid Gʻofurov (Ibrohim Gʻanixonov, 76), Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Boyan Naydenov, Zabihillo O‘rinboyev

Ogohlantirishlar: Abdulazizxon Abdurashidov, 2, Fozil Musayev, 80, Otabek Zokirov, 90+3, Muzaffarjon Muzaffarov, 90+5 - Mirzohid Gʻofurov, 49, Panshanbe Ehsoni, 65, Kosta Guttiner, 75, Boyan Naydenov,77.


“QIZILQUM” – AGMK - 0:0
Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 472 tomoshabin.

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullayev, Islom Kenjaboyev, Giorgi Kuxianidze (Humoyun Abdualimov,  85), Mate Vatsadze, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Muhsinjon Ubaydullayev (Jasur Azimov, 68), Elguja Grigalashvili (Jamshid Hasanov, 80), Oleg Tolmasov

AGMK: Valijon Rahimov,  Akromjon Komilov,  Mirjamol Qosimov (Sanjar Shoahmedov, 63),  Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Husniddin Gʻofurov (Murod Toshmatov, 82),  Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Martin Boake, 75), Mirg‘iyos Sulaymonov (Dilshod Ahmadaliyev, 63), Yovan Jokich, Shohruh Gadoyev (Elvin Fortes, 82)

Ogohlantirishlar: Muhsinjon Ubaydullayev, 46, Islom Kenjaboyev, 56 - Akromjon Komilov, 55, Valijon Rahimov, 79, Boburbek Yo‘ldoshev, 87.

Bugun 19-tur doirasida yana 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Muborak shahrida “Mash’al” “So‘g‘diyona”ni qabul qilsa, Olmaliq shahrida poytaxt derbisiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.