Suriyadagi prezidentlik saylovida Bashar Asad gʻalaba qozondi

  • 07:53 / 28.05.2021
  • 338

Suriyadagi prezidentlik saylovida Bashar Asad 95,1% ovoz bilan gʻalaba qozondi. Bu haqida Suriya parlamenti spikeri Hammud Sabbah maʼlum qilgan.

Xabar berilishicha, suriyaliklarning 13,5 million nafari Asad uchun ovoz berishgan. 18 170 000 kishi ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va ularning 14 239 140 nafari saylovda qatnashgan.

Bashar Asad esa gʻalabasidan keyin mamlakat tarixida yangi bosqich boshlanganini maʼlum qildi.

“Keling, ertangi kundanoq Suriyani kerakli holatga keltirish uchun umidni mustahkamlash ishlari bosqichini boshlaylik!”, dedi siyosatchi.

2000-yildan buyon prezident sifatida faoliyat yuritib kelgan Bashar Asad yana 7 yillik muddatga saylandi. U 2014-yildagi saylovda 88% ovoz toʻplagandi.