Surxondaryoda 29 yoshli ayol samosud qilindi

  • 16:03 / 17.07.2021
  • 644

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida 1992-yilda tug‘ilgan, ikkita farzandi bor ayolni qaychi tiqib, sochlarini kesib samosud qilishdi. Bu haqda bloger Aqida Xonim o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu holat kundoshlar o‘rtasida sodir bo‘lgan. Birinchi xotini va boshqalar erkakning ikkinchi xotinini shu tarzda samosud qilishgan.

Bloger ushbu ma’lumotlarni IIVning Zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘limiga yuborganini bildirgan.