Surxondaryoda Damas va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

  • 17:49 / 02.09.2021
  • 214

1-sentabr kuni taxminan soat 6:30 larda M-39 avtomobil yo‘lining 1352-kilometrida Damas va yuk mashinasi ishtirokida avariya sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo IIB YHXB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Damas haydovchisi uxlab qolishi natijasida harakatlanib ketayotgan «KamAZ»ning orqa tarafiga borib urilgan. Oqibatda mashinada bo‘lgan haydovchining o‘g‘li olgan tan jarohatlaridan Boysun tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, YTH sodir etilgan joyda yo‘l chiqizlari, ogohlantiruvchi, buyuruvchi va taqiqlovchi belgilar mavjud, yo‘l tekis va qatnov qismi 12 metrdan iborat bo‘lgan.

Shuningdek, 29-avgust kuni ushbu viloyatda yana bir YTH sodir etilgan. Sariosiyoning Chinor mahallasidan harakatlanayotgan Cobalt avtomobili qarama-qarshi tomondan kelayotgan kelayotgan Jiguli mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Jiguli haydovchisi notekis yo‘ldan harakatlanayotgan bo‘lgan va yo‘l chetidagi ta’mirlash hududidan mashinani olib qochgan paytida Cobalt bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida Jiguli haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, voqea sodir bo‘lgan harakat qatnovining uzunligi 7 metrni tashkil etgan. Biroq, bu yerda yo‘lni ajratuvchi chiziqlar chizilmagan, yo‘l belgilari ham talabga javob bermaydi.