Surxondaryoda ikki mahalladoshning oʻzaro janjali pichoqbozlik bilan yakun topdi

  • 23:59 / 30.08.2021
  • 226

Surxondaryoda ikki mahalladoshning oʻzaro janjali pichoqbozlik bilan yakun topdi

Sherobod tumanida ikki mahalladoshning janjali oqibatida bir fuqaro pichoqlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sherobod tumanida 2021-yil 27-avgust kuni soat 22:00 larda, tumanning “Mehnatobod” mahallasida yashovchi K.Toʻra mahalladoshi, O.Soatmurod bilan oʻzaro tortishish oqibatida janjallashib qoladi.

Janjal vaqtida, K.Toʻra qoʻlida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan O.Soatmurodning biqin sohasiga bir marotaba zarba berib, “hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir” tan jarohati yetkazgan.

Maʼlum boʻlishicha, 28-avgust kuni K.Toʻraga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.