Surxondaryoda kaltaklangan sportchi yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlandi

  • 13:36 / 08.09.2021
  • 398

Bosh prokuratura matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda sportchiga hujum uyushtirilgani haqida tarqalgan videoxabar yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, videoda ko‘rsatilgan holat bo‘yicha joriy yilning 29-may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov davomida 7 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularning barchasiga “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi sudga yuborish arafasida ekani aytilmoqda.