Surxondaryoda o‘quvchi qiz zo‘rlangan. Senat Termiz shahar IIBni harakatsizlikda ayblamoqda

  • 18:32 / 09.04.2021
  • 506

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida B.E. ismli shaxs 2020-yilning yanvar oyida 16 yoshli voyaga yetmagan (maktab o‘quvchisi) qizning ojizligidan foydalanib nomusiga tekkan. Bundan tashqari, bu holat qizni zo‘rlagani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilish bilan qo‘rqitilib, takroran ham sodir etilgan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi Termiz shahar IIO FMBni harakatsizlikda, ya’ni qonuniy choralar ko‘rmay kelayotganlikda ayblamoqda.

“Zo‘ravonlikka nisbatan 14 oydan beri qonuniy chora ko‘rilmay kelinmoqda. 
Bu ota-onani va mazkur voqeadan xabardor bo‘lgan odamlarning ichki ishlar organi tizimiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini kuchaytirishi tabiiy”, deyiladi Senat Qo‘mitasi ma’lumotida.

Holat ayni vaqtda Qo‘mita tomonidan nazoratga olingan.

Tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.