Surxondaryoda oʻz uyida fohishaxona tashkil etgan ayol ushlandi

  • 16:59 / 01.07.2021
  • 951

Surxondaryo viloyatida uyini fohishaxonaga aylantirgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Termiz shahrida shu yilning 21-may kuni tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan shaharning “Doʻstlik” mahallasida tadbir oʻtkazilgan.

Tekshiruv davomida, ushbu mahallada yashovchi, O.Nigora yashash xonadonida, B.Shahnoza va Sh.Alisherlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun 400 ming soʻm evaziga sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, O.Nigoraga nisbatan JKning 131-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 29 yoshli juvonni Tailandga fohishalikka joʻnatmoqchi boʻlgan ayol ushlangani haqida xabar berilgan edi.