Surxondaryoda poyezd va “Damas” ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

  • 15:28 / 11.02.2020
  • 684

Bugun, 11-fevral kuni soat 09:00lar atrofida Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida poyezd va “Damas” ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining voqeaga aniqlik kiritishicha, “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. harakatlanayotib, qalin tuman tushganligi sababli yo‘ldan chiqib ketgan va birinchi bo‘lim qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l ob’yektida poyezd bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabar so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB yo‘l harakati ishltirokchilaridan harakat vaqtida yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘raydi.