Surxondaryoda psixotrop moddalar savdosi oldi olindi

  • 17:29 / 19.01.2020
  • 570

Joriy yilning 12-yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB Denov tumani Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida tumanning “Bog‘inav” mahallasida yashovchi K.A. mijozga 30 qadoq (pachka) 296 dona  psixotrop dorini  sotayotgan paytda qo‘lga olingan. K.A. psixotrop dorini 100 AQSh dollari va 1 mln. 660 ming so‘mga sotayotgan bo‘lgan.

K.A.dan olingan tabletkalar giyohvandlik vositasi ekanligi va sof vazni 14,8 gramm ekanligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 18-yanvar kuni K.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.