Surxondaryoda suv talashib fuqaroni ketmon bilan urgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • 09:17 / 23.08.2021
  • 292

Surxondaryo viloyatida suv talashib fuqaroning boshiga ketmon bilan urgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qiziriq tumanida 10ғavgust kuni tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 7ғavgust kuni soat 18.00 larda “Gilambob” mahallasida yashovchi S.Xamid “Istiqlol” mahallasida yashovchi N.Husniddinning tomorqasida ekilgan ekinni sug‘orish uchun ochilgan suv masalasida o‘zaro janjallashib qoladi.

Shundan so‘ng S.Xamid qo‘lida bo‘lgan ketmon bilan N.Husnidinning boshiga va yuziga urib, “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha S.Xamidga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda sobiq mahalla raisining kaltaklanishi bo‘yicha IIB munosabat bildirgani haqida xabar berilgan edi.