Surxondaryoda “UAZ”ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi

  • 19:04 / 27.07.2021
  • 341

Bugun, 28-iyul kuni soat 06:15da Muzrabot tumani “Yurtim jamoli” MFYda joylashgan “Qora marvarid” MChJga qarashli Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “UAZ” rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining yorilishi yuzaga kelgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Natijada avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan.  
Hozirda hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. 
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.
Hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yo‘q.