Surxondaryoda uy olib berishini aytib, fuqarolarni aldagan shaxs qo‘lga olindi

  • 18:18 / 22.07.2021
  • 39

13-iyul kuni Termiz shahar «Saxovat» mahallasida yashovchi J.Ikrom may oyida tanishi Muzrabot tumani «Buyuk ipak yo‘li» mahallasida yashovchi Sh.Ro‘ziga shaharning «Shodlik» mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylardan 2 xona uyni olib berishini aytib, 100 million so‘m pullarni olib, o‘zlashtirib ketadi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, J.Ikromning 2021-yil yanvar oyida ham Muzrabot tumani «Fidokor» mahallasida yashovchi A.Kamolga shaharning «Shodlik» mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylardan 3 xona uyni olib berishini aytib, 16 ming 500 AQSH dollarini olib, o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan.

13-iyun kuni J.Ikromga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Toshkentda imtiyozli narxda uy olib berishi uchun fuqarolardan 313,5 mln. so‘m olgan shaxsning qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.